“Chiqish qayerda?” — “Time” Tramp haqida yangi muqova chiqardi

“Chiqish qayerda?” — “Time” Tramp haqida yangi muqova chiqardi
  • 1
  • 03.04.2026 16:46:00
  • 1 min read

Time jurnali aprel soni uchun muqovasini e’lon qildi. Unda AQSH Prezidenti Donald Tramp qo‘lida Eron xaritasi bilan tasvirlangan va “Chiqish qayerda?” degan sarlavha qo‘yilgan.

Maqolada ta’kidlanishicha, Eron bilan bog‘liq keskinlik Trampni murakkab tanlov oldida qoldirgan: u mojarodan chiqish yo‘lini topishi va shu bilan birga siyosiy mavqeyini saqlab qolishi kerak. Trampning maslahatchilari urushning cho‘zilishi uning reytingi va saylovlarga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini bildirgan.
Tramp Eronning yadro tahdidini yo‘q qilishni o‘zining asosiy yutug‘i deb bilayotgani aytiladi. Ammo ayrim maslahatchilar unga vaziyatni haddan tashqari ijobiy ko‘rsatib, real holatni to‘liq yetkazmayotgani ham ta’kidlangan.

Shuningdek, urushning davom etishi global iqtisodiyotga ham salbiy ta’sir qilayotgani, xususan neft bozorida beqarorlik kuchaygani va Hormuz bo‘g‘ozi yopilib qolsa, yanada og‘ir oqibatlar yuzaga kelishi mumkinligi qayd etilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News