Poytaxtning bosh archasi qayerda o‘rnatiladi?

Poytaxtning bosh archasi qayerda o‘rnatiladi?
  • 4
  • 19.12.2025 16:58:00
  • 2 min read

Bu safargi bosh Yangi yil archasi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldida o‘rnatiladi.
Bayram tadbirlari 25-dekabrdan boshlab 10-yanvargacha, har kuni soat 11:00 dan 23:00 gacha davom etadi.
Bayram tadbirlari poytaxt tumanlari kesimida quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:

Yunusobod tumani
— Rixsiliy 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi (“Yunusobod Gallery” majmuasi)
25-dekabr – 10 yanvar, soat 17:00–21:00
Bektemir tumani
— “Compass” savdo majmuasi
25-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–22:00
— “Coca-Cola Garden” bog‘i
25-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–22:00
Mirobod tumani
— Taras Shevchenko 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi
21-dekabr – 4-yanvar, soat 16:00–22:00
Mirzo Ulug‘bek tumani
— “Central Park”
25-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–22:00
— “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududi
25-dekabr – 10-yanvar, soat 16:00–22:00
Sergeli tumani
— Sug‘diyona va Jaloyir ko‘chalari bo‘ylab 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi, Yangi Sergeli istirohat bog‘i
25-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–22:00
Olmazor tumani
— “Asia.uz” supermarketi avtoturargohi (sobiq Nukus kinoteatri)
25-dekabr – 10-yanvar, soat 16:00–22:00
Uchtepa tumani
— Uchtepa tumani hokimligi oldi qismi
25-dekabr – 5-yanvar, soat 16:00–20:00
Chilonzor tumani
— “Dream Park” (“Gʻafur Gʻulom”) madaniyat va istirohat bog‘i
25-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–22:00
— “Humo Arena” muz saroyi oldi maydoni
25-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–23:00
— “Magic City” bog‘i
20-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–23:00
— Al-Xorazmiy 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi
25-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–22:00
Shayxontohur tumani
— “Anhor Lokomotiv” bog‘i
25-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–22:00
— “Tashkent City” majmuasi
21-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–23:00
Yashnobod tumani
— “Ashxobod” sayilgohi
25-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–20:00
Yakkasaroy tumani
— “Next” savdo majmuasi
25-dekabr – 10-yanvar, soat 16:00–22:00
— Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita pavilonlari hududi
25–30-dekabr, soat 16:00–19:00
Yangihayot tumani
— Mehrigiyo 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi
25-dekabr – 10-yanvar, soat 11:00–22:00

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News