O‘zbekiston Jahon chempionatidan nima yutdi?

O‘zbekiston Jahon chempionatidan nima yutdi?
  • 1
  • 30.06.2026 15:43:00
  • 1 min read

3 o‘yin. Shuncha mag‘lubiyat. 2 ta gol, naq 11 ta o‘tkazib yuborilgan gol. Bu O‘zbekistonning maydondagi ko‘rsatkichi. Biroq, biroq… dijital maydonda esa O‘zbekiston yutdi. – Google Trends ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston haqidagi internet qidiruvlari 450 foizga oshgan. – Xalqaro axborot makonida O‘zbekiston va milliy terma jamoa ishtiroki haqida 3 milliondan ortiq material e’lon qilingan. – Xorijiy OAV, YouTube va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga oid 3,4 milliondan ortiq post va videomaterial joylashtirilgan. – “Uzbekistan” so‘zi bo‘yicha qidiruvlar 40 foizga, “Tourism to Uzbekistan” mavzusidagi qidiruvlar 10 foizga oshdi. – “Travel Uzbekistan” so‘rovi Google Trends shkalasida maksimal — 100 ball ko‘rsatkichiga erishdi. 2030-yilgi Mundialda esa maydondagi natijalarni ham yaxshilashga urinib ko‘ramiz.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News