
- 1
- 12.08.2025 09:00:00
- 1 min read
Navbatdagi asr to‘yi yaqinga o‘xshaydi. Krishtianu Ronaldu nihoyat Jorjina Rodrigesga to‘y taklifini bildirdi. Kuni kecha, Jorjina barmog‘iga taqilgan uzukni suratga olib, Instagram sahifasiga joyladi va “Ha, xohlayman. Bu va boshqa hayotimda ham” - deb izoh qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Jorjina bilan 2016-yilda “Gucci” butigida ishlayotganida tanishgan va shundan buyon birga yashab kelmoqda. Ularning 2 nafar qiz farzandi bor. Bundan tashqari Jorjina Ronalduning 3 nafar farzandiga ham onalik qiladi.
Ronaldu yil boshida nega Jorjinaga uylanmayotganligini tushuntirib, bu Jorjinaga ochiqlanmagan bosimni his qilganida sodir bo‘lishini aytgandi.