Dalada qurol ishlatgan xorijliklarning quroli olib qo‘yildi

Dalada qurol ishlatgan xorijliklarning quroli olib qo‘yildi
  • 0
  • 12.02.2026 14:06:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijlik fuqarolar O‘zbekistondagi dalada quroldan foydalangani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Video “Kevin Ke” nikli foydalanuvchi tomonidan WeChat ijtimoiy tarmog‘iga joylangan. Unda mazkur shaxs ochiq hududda nishon sifatida qo‘yilgan yelim idishlarga o‘q uzayotgani aks etgan.Holat yuzasidan IIBB rasmiy ma’lumot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 20-yanvar kuni Toshkent viloyati hududida fuqaro Y.Yu. o‘ziga tegishli, ruxsatnomasi mavjud ov qurolini tanishi Q.X.ga qonunga xilof ravishda foydalanish uchun bergan. Qurol qo‘llangan jarayonda insonlar yoki hayvonlarga zarar yetmagan. Hozirda ov quroli va o‘q-dorilari vaqtincha olib qo‘yilgan. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News