
- 1
- 30.01.2026 16:11:00
- 1 min read
Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ikki davlat hamkorligini yuqori baholab, O‘zbekistonning xalqaro maydonda tobora yuksalib borayotganini alohida e’tirof etdi. Shuningdek, u Ismoil Gaspiralining “tilda, fikrda, ishda birlik” g‘oyasiga sodiqligini bildirib, Markaziy Osiyo farovonligi yo‘lida hamkorlik davom etishini ta’kidladi. “Yurakdan yurakka birlashsak, Allohning izni bilan bu asrga turk dunyosining muhrini bosamiz”, — dedi Erdo‘g‘an. Eslatib o‘tamiz, kecha, 29-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyurib, Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishida ishtirok etdi va ikki tomonlama muhim hujjatlar imzolandi. Shuningdek, Hatay viloyatining Arsuz tumanida barpo etilgan “O‘zbekiston” turar joy majmuasi ochilish marosimida qatnashdi. Tadbir davomida majmuadagi xonadonlar o‘z egalariga topshirildi hamda Istanbul shahrida o‘zbek maktabi qurilishiga start berildi.