
- 1
- 09.12.2025 16:16:00
- 1 min read
O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Fabio Kannavaro qur’adan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi: “Bu Jahon chempionati — kim bilan o‘ynashdan qat’i nazar, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Hayajon bor, umid qilamanki, biz oxirigacha kurashamiz,” — dedi u. Kecha, 5-dekabr kuni 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi “K” guruhiga tushdi. “Oq bo‘rilar”ning raqiblari quyidagilar: 1. 17-iyun — Kolumbiya (Mexiko, “Atsteka” stadioni) 2. 23-iyun — Portugaliya (Gvadalaxara, “Gvadalaxara” stadioni) 3. 27-iyun — Kongo/Yamayka/Yangi Kaledoniya (Mayami yoki Atlanta) Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi. Musobaqada 48 jamoa g‘oliblik uchun kurashadi.