
- 1
- 30.01.2026 16:15:00
- 1 min read
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Barselonada bo‘lib o‘tgan Falastinni qo‘llab-quvvatlash xayriya tadbirida nutq so‘zlab, G‘azodagi gumanitar inqirozga e’tibor qaratdi. Falastin ro‘moli — kufiya bilan sahnaga chiqqan Gvardiola dunyo hamjamiyati G‘azo aholisiga nisbatan sukut saqlayotganini tanqid qildi. “Biz ularni yolg‘iz qoldirdik, tashlab ketdik”, — dedi u. Murabbiy so‘nggi ikki yil davomida G‘azoda tarqalgan, vayronalar ostida yaqinlarini izlayotgan bolalar tasvirlari uni chuqur larzaga solganini ta’kidladi. Shuningdek, dunyo yetakchilarining sukutini keskin qoralab, hokimiyatdagilarni “qo‘rqoq” deb atagan.