
- 0
- 27.02.2026 08:09:00
- 1 min read
Toshkentda avtomobillarni tyuning qilish bilan shug‘ullanuvchi Uzbelas Performance rahbari Asadbek Jumayev bloger Malik Muhamedovga bergan intervyusida avvalgi qoidabuzarlik uchun yengil jarima bilan qutulganini aytib, bu holatni faxr bilan tilga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqalar 15 sutkaga qamalishi mumkin bo‘lgan vaziyatda ular jarima to‘lab qutulgan. Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, keskin tanqidga uchradi.
Shuningdek, 25-fevral kuni Toshkentning Mirobod tumanida BMW M4 avtomobilini boshqargan 10-sinf o‘quvchisi YPX inspektorini urib ketdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Asadbek Jumayev ushbu YTH ga BMW Uzbelas Performance’ga aloqador emasligini bildirdi.
Voqealar ortidan Adliya vazirligi noqonuniy poygalar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat kelishuv bosqichidan so‘ng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi rejalashtirilgan.