
- 18
- 02.10.2026 11:22:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik xodimlari bir kishini qo‘lga olgani aks etgan videolar tarqalib, u xudkush terrorchi ekani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Saudiya rasmiylariga ko‘ra, erkak o‘tkinchilarni bezovta qilgani va vahima uyg‘otgani uchun qo‘lga olingan. Unga nisbatan zarur choralar ko‘rilib, ish prokuraturaga topshirilgan.
Saudiya xavfsizlik organlari Makkadagi voqea bo‘yicha tarqalayotgan boshqa da’volar haqiqatga mos emasligini bildirgan.
Shu bilan birga, Saudiya boshchiligidagi koalitsiya 29-sentabr kuni Madinada Payg‘ambar masjidiga elektr energiyasi yetkazib beruvchi elektr taqsimlash stansiyasiga dron hujumi uyushtirilganini ma’lum qildi. Koalitsiya hujum ortida husiylar turganini bildirgan. Hujum oqibatida bitta transformator ishdan chiqqan, biroq elektr tarmog‘ida uzilish bo‘lmagan.
Husiylar esa Saudiya tomonidan ilgari Makkaga dron yo‘naltirilgani haqidagi ayblovni ham rad etgan.