Qo‘qonda ommaviy tartibsizlik bo‘ldimi?

Qo‘qonda ommaviy tartibsizlik bo‘ldimi?
  • 0
  • 01.01.2026 14:18:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangi yil bayrami vaqtida Qo‘qon shahrida ommaviy tartibsizliklar sodir bo‘lgani haqidagi videolar tarqaldi. Biroq Farg‘ona viloyati IIB bu xabarlarni inkor etdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yil 31-dekabr kuni soat 23:55 atrofida Qo‘qon shahrining A. Charxiy ko‘chasida ayrim fuqarolar yo‘l qatnov qismiga chiqib, mushakbozlik qilishga uringan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘z vaqtida chora ko‘rilib, jamoat tartibi va yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlangan. Fuqarolardan asossiz xabarlarga ishonmaslik so‘raldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News