O‘zbekistonda “Volkswagen” avtomobillarini ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda “Volkswagen” avtomobillarini ishlab chiqariladi
  • 0
  • 19.05.2026 18:25:00
  • 1 min read

Prezident avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va tarmoq raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda avtomobilsozlik sohasi yangi bosqichga ko‘tarilib, bozorda tanlov kengaygani hamda raqobat kuchaygani ta’kidlandi. Hozirda “Chevrolet”, “BYD”, “KIA” va “Hyundai” brendlari ishtirokida bir nechta zavodlar faoliyat yuritmoqda, yaqin yillarda esa “Volkswagen”, “Foton” va “JAC” loyihalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

 

Taqdimotda avtomobilsozlikda ishlab chiqarish hajmini va band bo‘lganlar sonini 1 milliontaga yetkazish masalalari ko‘rib chiqildi. Yengil va tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish hamda yigʻish boʻyicha koʻplab loyiha takliflari kelib tushayotgani Oʻzbekistonda qulay investitsiya muhiti va yuqori daromadli bozor shakllanayotganini koʻrsatadi.

 

Shuningdek, “Volkswagen” loyihasi doirasida Toshkentda yirik uzelli ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi, keyingi bosqichda esa, Angren erkin iqtisodiy zonasi hududida to‘liq siklli ishlab chiqarish tashkil etilishi rejalashtirilgan. Taqdimot yakunida, 2026-yil yakuniga qadar xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda Avtomobil ehtiyot qismlar bozorini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish vazifasi qoʻyildi.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News