Voyaga yetmaganlarga qarshi zo‘ravonlik: ikki pedofil 18 yilga qamaldi

Voyaga yetmaganlarga qarshi zo‘ravonlik: ikki pedofil 18 yilga qamaldi
  • 1
  • 25.12.2025 15:01:00
  • 1 min read

Ohangaronda manzil koloniyasidan qochib, 3-sinf qizni zo‘rlagan (https://t.me/casiauz/10661) 1994-yilda tug‘ilgan erkakka oid sud hukmi e’lon qilindi va unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bundan tashqari, kecha 24-dekabr kuni JIB Yangiqo‘rg‘on tuman sudida 1987-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanib, xavfli retsidivist deb topilgan va o‘z tog‘asining nevarasini zo‘rlagan (https://t.me/casiauz/10628) erkakka oid jinoyat ishini ko‘rib chiqilib, sud hukmiga muvofiq unga ham 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo muddatining dastlabki 3 yilini turmada, jazoning qolgan muddatini maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News