Kichkina “shtraf” bilan qutulib qolgan qoidabuzar 10 sutkaga qamaldi

Kichkina “shtraf” bilan qutulib qolgan qoidabuzar 10 sutkaga qamaldi
  • 0
  • 28.02.2026 08:32:00
  • 1 min read

Avvalroq (https://t.me/casiauz/12462) qoidabuzarligidan faxrlanishini aytib, jamoatchilikda keskin noroziliklar keltirib chiqargan Uzbelas Performance avtoservisi rahbari Asadbek Jumayevga oid ma’muriy ish kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqildi. Sud Jumayevga nisbatan chiqarilgan jarima jazosi bekor qilib, unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. U yanvar oyida YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagani uchun jarimaga tortilgan, keyinchalik intervyusida bu holatdan “kichik jarima” bilan qutulganini va qilgan ishidan faxrlanishini aytgan. Bu bayonotlar jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News