
- 6
- 18.11.2025 13:26:00
- 1 min read
Jeffri Epshteynning jinsiy jinoyatlaridan aziyat chekkanlar AQSH Kongressidan ishga oid barcha yopiq hujjatlarni ommaga ochishni so‘rashdi.
AQSH prezidenti Donald Tramp ham respublikachilarni Kongressdagi “Epshteyn fayllari”ni to‘liq e’lon qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. U Tramp va Epshteyn o‘rtasida yaqin aloqa bo‘lgan degan iddaolarni “demokratlarning siyosiy hiylasi” deb atadi. Trampning aytishicha, Adliya vazirligi allaqachon ish bo‘yicha o‘n minglab sahifalarni e’lon qilgan va ko‘plab siyosatchilarning Jeffri Epshteyn bilan bog‘liqligi bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda.
Yaqinda Kongress Epshteyn ishiga oid yangi materiallarni oldi. Ulardan ayrimlari Tramp marhum moliyachining jinoiy faoliyatidan xabardor bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Shu hafta “Epshteyn fayllarining shaffofligi to‘g‘risidagi akt” bo‘yicha ovoz berilishi kutilmoqda. Qonun barcha maxfiy fayllarni ochishni nazarda tutadi.
Jeffri Epshteyn voyaga yetmagan qizlarni zo‘rlagan va pullagan jinsiy zo‘ravon tadbirkor. Epshteynning atrofida siyosatchilar va mashhur shaxslar bo‘lganligi sababli ish katta janjalga aylangan. Epshteyn 2019-yilda qamoqda vafot etgan.