Venesuela prezidenti Maduro qo‘lga olindi

Venesuela prezidenti Maduro qo‘lga olindi
  • 0
  • 03.01.2026 13:54:00
  • 1 min read

AQSH prezidenti Donald Tramp ma’lum qilishicha, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro rafiqasi bilan birga qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilgan. Tramp operatsiya AQSH huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilganini va tafsilotlar keyinroq e’lon qilinishini bildirgan.
Bugun, 3-yanvar kuni tunda Karakas shahridagi harbiy va fuqaroviy obyektlarga havo hujumi amalga oshirilgan. Poytaxtda kamida yetti portlash sodir bo‘lgan, ayrim harbiy bazalardan tutun ko‘tarilgan va boshqa inshootlarda elektr uzilishi kuzatilgan. Venesuela hukumati AQSHni hujumda ayblab, favqulodda holat e’lon qilgan va tarafdorlarni ko‘chalarga chiqishga chaqirgan.

Avvalroq, 2025-yil dekabrda AQSH Venesuela sohilidagi port inshootini dron orqali nishonga olgan edi. Ushbu zarba giyohvand moddalar tashiyotgan Tren de Aragua guruhiga qarshi qaratilgan bo‘lib, bu AQSH va Maduro o‘rtasidagi keskinlikni oshirgan. Oq uy bu kampaniyani giyohvandlikka qarshi kurash deb izohlagan, biroq maqsad Maduroni taslim qilinishga majburlash ekani ham aytilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News