Venesuela muxolifati yetakchisi Trampga o‘zining Nobel mukofotini sovg‘a qildi

Venesuela muxolifati yetakchisi Trampga o‘zining Nobel mukofotini sovg‘a qildi
  • 0
  • 16.01.2026 07:58:00
  • 1 min read

Avvalroq Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado yaqin orada mamlakatga qaytib, prezidentlik saylovida ishtirok etish va o‘ziga berilgan Nobel tinchlik mukofotini Trampga shaxsan berishini aytgandi. 15-yanvar kuni u Oq uyda Tramp bilan uchrashdi va o‘zining Nobel tinchlik mukofoti medalini Trampga ramziy sovg‘a sifatida topshirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Tramp bu holatni “o‘zaro hurmat belgisi” deb baholab, medalni o‘zida saqlashini ma’lum qildi. Machado esa sovg‘ani Trampning Venesuela xalqi ozodligi yo‘lidagi sa’y-harakatlariga e’tirof sifatida izohladi.
Shu bilan birga, Nobel mukofoti rasmiy jihatdan Machadoga tegishli bo‘lib qoladi. Norvegiya Nobel instituti mukofotni boshqa shaxsga o‘tkazish yoki qaytarib olish mumkin emasligini ta’kidladi.

Hozirda Venesuelaning muvaqqat prezidenti Delsi Rodriges Trampning qo‘llovi bilan o‘z mavqeyini mustahkamlab bormoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News