
- 0
- 23.01.2026 10:40:00
- 1 min read
Sobiq rus bokschisi va deputat Nikolay Valuyev faylasuf Aleksandr Duginning fikrlarini qo‘llab-quvvatlab, Ukrainadagi “maxsus operatsiyalar”ni sobiq Sovet respublikalari, jumladan Markaziy Osiyoda ham olib borish kerakligini aytdi. U so‘nggi 30 yil davomida “shirinliklar” yordam bermaganini, endi “qamchi choralar” kerakligini ta’kidladi va yoshlarni jismoniy tayyorgarlikka chaqirdi.
Ushbu fikrlarga javoban o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev ilgari ham mag‘lubiyatga uchratgan raqibi Valuyevni keskin tanqid qildi va kerak bo‘lsa unga qarshi yana bir bor ringga chiqishga tayyorligini bildirdi. Chagayev shuningdek, hozirgi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi ekanini, Valuyev kabi shaxslar bunga xalaqit berishga harakat qilayotganini ta’kidladi.