O‘zbekistonda strategik hujjatlar ijrosi raqamli tizim orqali nazorat qilinadi

O‘zbekistonda strategik hujjatlar ijrosi raqamli tizim orqali nazorat qilinadi
  • 1
  • 31.12.2025 19:59:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini yangi yondashuvlar asosida tashkil etishga qaratilgan Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi. Samaradorlik ko‘rsatkichlari raqamli platformada baholanadi Qarorga muvofiq, strategik rejalashtirish hujjatlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini monitoring qilish endilikda Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi. Mazkur platformada maqsadli ko‘rsatkichlarga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari: har bir samaradorlik ko‘rsatkichiga erishish bo‘yicha, amaldagi natijalar, haqiqiy ma’lumotlar, tasdiqlovchi hujjatlarni doimiy ravishda kiritib boradi. Davlat organlari reytingi shakllantiriladi Milliy darajadagi keng qamrovli strategik hujjatlar bo‘yicha asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida davlat organlari reytingi tuziladi. Ushbu reyting Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan davlat organlari faolligining milliy reytingini shakllantirishda inobatga olinadi. Asoslanmagan xarajatlar kelishilmaydi Qarorga ko‘ra, raqamli platformada joylashtirilgan soha, tarmoq va hududlarni rivojlantirishga doir dasturlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihalarida: mablag‘ ajratishni talab qiluvchi masalalar yetarlicha asoslanmagan bo‘lsa, bunday hujjatlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kelishilmaydi. Hududiy islohotlarda yangi yondashuv Shuningdek, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hududlarni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tashabbuslarni ishlab chiqishda “Islohotlar shtablari” bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi. Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Toshkent va Yangi Toshkentni bog‘laydigan tramvay yo‘li qurilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News