O‘zbekistonda 2032-yilgacha 73 ta yangi GES quriladi

O‘zbekistonda 2032-yilgacha 73 ta yangi GES quriladi
  • 0
  • 30.04.2026 10:47:00
  • 1 min read

Prezident Shavkat Mirziyoyev gidroenergetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Yig‘ilishda, mamlakatda elektr ishlab chiqarishda gidroenergiya ulushi hozir 10–12 foizni tashkil etgani bois uni kengaytirish muhim vazifa qilib belgilandi. Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda GESlar soni 36 tadan 100 taga yetkazilib, umumiy quvvat 2,4 gigavattga chiqqan. Taqdimotda 2026-2032-yillarda umumiy qiymati 5,8 milliard dollar boʻlgan 73 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish rejalari koʻrib chiqildi. Buning natijasida qoʻshimcha 3,6 gigavatt quvvat yaratilishi kutilmoqda. Shuningdek, 2026-yilda 13 ta GES ishga tushiriladi. Yirik loyihalar qatorida Bo‘stonliqdagi Yuqori Pskom GES (160 MVt) va So‘x GES (15 MVt) bor. To‘palang hududida esa, 42 ta kichik GES qurish rejalashtirilgan. Energiya saqlash tizimlarini joriy etish maqsadida ilk bor 3 ta gidro to‘plash stansiyasi qurish ham ko‘rib chiqilmoqda. Bundan tashqari, Toshkentda daryo bo‘ylarini obodonlashtirish, sun’iy ko‘llar sonini 12 taga yetkazish va yashil hududlar yaratish loyihalari ham muhokama qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News