
- 0
- 31.01.2026 15:58:00
- 1 min read
O‘zbekiston Xitoydan import qilinayotgan mandarin va ananas mevalarida karantin osti zararkunandalar aniqlangani sababli vaqtincha taqiq joriy etdi. Zararkunandalar 20 ga yaqin yukda topilgan va Xitoy tomoniga ma’lumot berilgan. Tahlillar davomida namunalarda “sitrus oq-qanoti” (Dialeurodes citri Ashmead), sharq sitrus qalqondori (Unaspis yanonensis Kuwana) hamda “ananas unsimon qurti” (Dysmicoccus brevipes Cockerell) kabi karantin ostidagi zararkunandalar aniqlangan. Taqiq davrida ushbu mevalarga karantin ruxsatnomasi berilmaydi. Chora zararkunandalar kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida joriy etilgan.