O‘zbekistonning tashqi qarzi 75 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 75 mlrd dollardan oshdi
  • 0
  • 03.01.2026 13:48:00
  • 1 min read

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi 11,3 mlrd dollarga oshdi. 1-oktyabr holatiga umumiy tashqi qarz 75,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Shundan 37,4 mlrd dollari davlat tashqi qarzi, 38 mlrd dollari esa xususiy va davlat korxonalarining (korporativ) qarzlaridir. To‘qqiz oyda davlat qarzi 10 foizdan ortiq, korporativ qarzlar qariyb 27 foizga ko‘paygan.
Markaziy bank qayd etishicha, korporativ qarzlarning 40–50 foizi davlat korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi. XVJ va xalqaro reyting agentliklari O‘zbekistonning tashqi qarz yuki o‘rtacha darajada ekanini ta’kidlamoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News