Oʻzbekiston qonun ustuvorligi reytingida ikki pogʻona yuqoriladi

Oʻzbekiston qonun ustuvorligi reytingida ikki pogʻona yuqoriladi
  • 6
  • 30.10.2025 18:38:00
  • 1 min read

Oʻzbekiston World Justice Projectning qonun ustuvorligi reytingida 143 davlat orasida 81-oʻrinni egalladi. Bu oʻtgan yilga nisbatan ikki pogʻona yuqori natija.
Markaziy Osiyo boʻyicha Qozogʻiston 66, Qirgʻiziston 104-oʻrinda. Turkmaniston va Tojikiston reytingda yoʻq.
Eng yuqori oʻrinlarda Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya va Yangi Zelandiya, eng pastida esa Venesuela joylashgan.

Reyting fuqarolar, huquqshunoslar va ekspertlar ishtirokidagi soʻrovlar asosida tuzilgan boʻlib, unda korrupsiya darajasi, hukumat ochiqligi, xavfsizlik, huquqni qoʻllash va sud tizimi samaradorligi kabi omillar hisobga olingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News