O‘zbekistonda ilk bor 7 oylik chaqaloqda jigar transplantatsiyasi o‘tkazildi

O‘zbekistonda ilk bor 7 oylik chaqaloqda jigar transplantatsiyasi o‘tkazildi
  • 0
  • 11.12.2025 15:38:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda birinchi marta 7 oylik chaqaloqqa jigar transplantatsiyasi amalga oshirildi. Operatsiya Bolalar milliy tibbiyot markazida o‘tkazilib, chaqaloqqa onasi donor bo‘ldi. Mutaxassislarning aytishicha, bunday murakkab jarrohlik dunyoning juda kam davlatlarida qo‘llanadi. Chaqaloq va ona operatsiya oldidan markazning o‘zida to‘liq tekshiruvdan o‘tgan. Operatsiya asoratsiz yakunlangan. Chaqaloqning ahvoli barqaror, uni tez orada uyiga chiqarish rejalashtirilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News