
- 2
- 26.11.2025 08:46:00
- 1 min read
O‘zbekistonda 2026-yil 1-aprelidan boshlab kartoshka chipslariga aksiz solig‘i qo‘yilishi kutilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi taklifiga ko‘ra, har bir kilogramm chips uchun 15 ming so‘m aksiz undiriladi. Soliqni chips ishlab chiqaruvchilar ham, mahsulotni import qiluvchilar ham to‘laydi.
Vazirlik bu taklif JSSTning ortiqcha vazn va semizlikka qarshi kurash bo‘yicha tavsiyalariga, shuningdek Sog‘liqni saqlash vazirligining sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatmalariga asoslanganini ma’lum qildi. Boshqa davlatlarning tajribasi ham o‘rganilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yildan boshlab shakarli ichimliklarga ham alohida aksiz solig‘i joriy etilgan edi: gazli ichimliklar uchun – litriga 500 so‘m, energetik ichimliklar uchun – litriga 2000 so‘m. Bu tartib hozirda barcha shakar saqlovchi alkogolsiz ichimliklarga tatbiq etilmoqda.