O‘zbekistonda retseptsiz dori savdosi uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda retseptsiz dori savdosi uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin
  • 0
  • 15.12.2025 11:07:00
  • 1 min read

“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirovning aytishicha, mamlakatda dori biznesida bemorlar sog‘lig‘i daromad manbaiga aylanib qolgan. Shu bois retseptsiz dori sotish tartibini yanada qattiqlashtirish bo‘yicha taklif tayyorlanmoqda. “Chunki odamlarning sogʻliqqa boʻlgan ehtiyojini daromad manbaiga aylantirib olgan ayrim “vijdonsiz vatandoshlar toifasi” uchun (oʻz ishini halol qilayotgan farmatsevt, shifokor va tadbirkorlarimizga samimiy hurmatlar) dorixonalarda, qonuniy-noqonuniy, samarali-samarasiz farqi yoʻq, toʻsiqlarsiz dori sotish imkoniyati kerak. Qanday dori ichish kerakligini siz emas shifokor hal qilishi shart. Retseptsiz savdo uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish haqida taklif tayyorlaymiz”, deydi Qodirov.

Amaldagi qonunchilikka koʻra, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar tarkibidagi dorilarni retseptsiz sotganlik uchun 2–4 mln so‘mgacha jarima belgilangan. Avvalroq 2025-yil 10-dekabrdan Toshkent va 15 tuman (shahar)da dori vositalarini faqat elektron retsept asosida berish tartibi yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilingandi.

12-dekabrdan O‘zbekistonda DMED elektron retsept tizimi ishga tushadi. Endilikda retsept bo‘yicha beriladigan barcha dori vositalari faqat raqamli retsept asosida sotilishi ma’lum qilingandi. Shuningdek, SSV “Hech kim zarur dorisiz qolmasligini aytib, retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini e’lon qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News