O‘zbekiston sayyohlar oqimi bo‘yicha TOP–7’da

O‘zbekiston sayyohlar oqimi bo‘yicha TOP–7’da
  • 8
  • 17.12.2025 09:14:00
  • 1 min read

Butunjahon turizm tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yil yanvar–sentabr oylarida xorijiy sayyohlar oqimi eng tez o‘sgan dunyodagi TOP–7 mamlakatlar qatoriga kirdi. Bu davrda mamlakatga kelgan xalqaro turistlar soni 2019-yilga nisbatan 73 foizga oshdi.
Yevropa mintaqasida O‘zbekiston 2019-yil bilan solishtirganda turistlar o‘sish sur’ati bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi. 2025-yilning dastlabki to‘qqiz oyida esa sayyohlar oqimi 2024-yilga nisbatan 13 foizga ko‘payib, mamlakatni Yevropadagi eng tez o‘sayotgan TOP–4 yo‘nalishlar qatoriga olib chiqdi.
2025-yilda O‘zbekiston yangi rekordlarni qayd etdi. 11 oyda 10,7 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Turistik xizmatlar eksporti hajmi 4,4 milliard dollardan oshdi.
Samarqand, Buxoro va Xivadan tashqari ekologik va gastronomik turizmga bo‘lgan qiziqish ham ortib bormoqda. Bu O‘zbekistonning global turizm bozoridagi mavqei tobora mustahkamlanayotganini ko‘rsatmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News