
- 2
- 08.01.2026 14:01:00
- 1 min read
Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, magistral gaz quvurlaridagi bosim pasayishi sababli tabiiy gaz ta’minotini barqarorlashtirish choralari ko‘rilmoqda. Shu munosabat bilan 8-yanvardan metan zapravkalari soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi. Farg‘ona vodiysida esa ish vaqti gaz bosimi holatiga qarab, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Aholi xonadonlari, jamoat transporti va ijtimoiy obyektlar gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilanadi.
Cheklovlar vaqtinchalik bo‘lib, hozirda gaz bosimi me’yorga keltirilmoqda.