
- 1
- 27.01.2026 16:41:00
- 1 min read
26-yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Rossiya elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston tomoni Rossiya hududida mehnat qilayotgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni talab qildi. Migratsiya tekshiruvlari va reydlar davomida fuqarolarning insoniy qadr-qimmati kamsitilmasligi, qonunchilikka rioya qilganlar va qoidabuzarlik qilganlarga nisbatan bir xil tartib amal qilishi zarurligi ta’kidlandi. Tomonlar Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari uchun qulay mehnat shart-sharoitlari yaratish va konsullik hamkorligini davom ettirishga kelishib oldi.