
- 3
- 30.04.2026 14:29:00
- 1 min read
Prezidentning 29-apreldagi farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazni iste’molchilarni tarmoqdan uzish yoki cheklov kiritish orqali tejashga yo‘l qo‘yilmaydi.
2026-yil 1-iyuldan boshlab davlat tashkilotlari va ijtimoiy soha obyektlarida quriladigan yoki ta’mirlanadigan binolar energiya samaradorligi bo‘yicha kamida “S” toifasiga ega bo‘lishi shart etib belgilanadi.
Shuningdek, energiya sarfi yuqori bo‘lgan davlat obyektlarida samaradorlikni oshirish dasturlari joriy etiladi, sun’iy intellekt va tahliliy tizimlar orqali energiya iste’moli nazorat qilinadi.
Bundan tashqari, “Energiya samaradorligi — farovon hayot garovi” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yilib, aholi orasida energiyani tejash madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.