
- 0
- 26.12.2025 14:33:00
- 1 min read
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2026-yil uchun davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Qonunga ko‘ra, byudjet mablag‘lari faqat 2026-moliya yili davomida ishlatiladi va kelgusi yilga o‘tkazilmaydi. 2026-yil uchun belgilangan asosiy mezonlar: * Mol-mulkni ijaraga berish, ayrim tovarlarni chakana savdo qilish va chet davlat transport vositalarining tranziti uchun maksimal yig‘imlar. * Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 3 foizidan oshmasligi. * Byudjet xarajatlarining 3 foizidan ortiq qismini Vazirlar Mahkamasi taklifiga binoan Oliy Majlis, kamroq qismini esa Iqtisodiyot va moliya vazirligi taklifiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qisqartirish mumkin. * Qoraqalpog‘iston va viloyatlar byudjetlarining xarajatlarini tegishli hududlar kengashlari belgilaydi. Qonun 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.