
- 0
- 28.01.2026 14:49:00
- 1 min read
Prezident farmoni bilan 28-yanvar kuni 2020-yil mart oyidan buyon Milliy gvardiya qo‘mondoni bo‘lib kelgan Rustam Jo‘rayev lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Bahodir Toshmatov Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlandi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Azizbek Ikromov Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi va 2025-yil fevralidan buyon Favqulodda vaziyatlar vazirligini boshqarib kelgan Botir Qudratxo‘jayev o‘rnini egalladi.