
- 4
- 11.12.2025 21:08:00
- 1 min read
11-dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning Ashxobod shahriga tashrif buyurib, mamlakatning milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov hamda prezident Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomi e’lon qilinganining 30 yilligi hamda shu munosabat bilan o‘tkaziladigan xalqaro forum muhokama qilindi. O‘zbekiston rahbari turkman xalqini ushbu tarixiy sana bilan tabrikladi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, madaniy va gumanitar yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Yil boshidan beri ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 1 milliard dollarga yetgani, yuk tashishlar 30 foizga oshgani, “Shovot–Toshhovuz” savdo zonasi muvaffaqiyatli ishlayotgani ta’kidlandi.
Kelgusida hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashi va Hududlar forumi yig‘ilishlarida savdo hajmini yanada oshirish hamda turli sohalarda qo‘shma loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha muhim kelishuvlar ko‘rib chiqilishi belgilandi.
