
- 4
- 29.10.2025 13:01:00
- 1 min read
Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida tomonlar Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Shuningdek, hukumatlararo va idoralararo 10 dan ortiq hamkorlik hujjatlari qabul qilindi. Ular quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
-
investitsiya va iqtisodiyot,
-
sog‘liqni saqlash,
-
turizm va ta’lim,
-
fan va madaniyat,
-
texnologiya va sun’iy intellekt,
-
diplomatik kadrlar tayyorlash,
-
mehnat migratsiyasi va sport.
Prezidentlar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratdi. Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich Ko‘ksaroydagi daraxt ekish marosimida ishtirok etishdi — bu ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik ramzi sifatida talqin qilindi.