
- 0
- 15.12.2025 09:04:00
- 1 min read
AQSHning Rod-Aylend shtatida joylashgan Brown University hududida sodir bo‘lgan otishmada o‘zbekistonlik talaba Muhammadaziz Umurzoqov halok bo‘ldi. Bu haqda TIV matbuot kotibi Axror Burxonov ma’lum qildi. Fojia 13-dekabr kuni Providens shahridagi Barus + Holley binosida, imtihonlar vaqtida yuz bergan. Noma’lum shaxs ikki kishini otib o‘ldirgan, sakkiz kishi jarohatlangan.
O‘zbekistonning AQSHdagi vakolatxonalari marhumning oila a’zolari bilan aloqada bo‘lib, tegishli idoralar bilan hamkorlikda masalalarni hal qilmoqda.