Rossiyada chiqindi mashinasidagi portlashda o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

Rossiyada chiqindi mashinasidagi portlashda o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi
  • 0
  • 18.04.2026 17:06:00
  • 1 min read

Rossiyaning Vladikavkaz shahrida 17-aprel kuni chiqindi yuklash vaqtida yuz bergan portlash oqibatida 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga chiqindi konteyneridagi xavfli buyum sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonning Rostov-Dondagi bosh konsulxonasi holatni nazoratga olgan va marhumning jasadini vatanga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News