
- 8
- 03.10.2026 16:08:00
- 1 min read
Yaponiyaning Tokio shahrida 45 yoshli O‘zbekiston fuqarosi maktab o‘quvchisiga nisbatan nomaqbul harakat qilganlikda gumonlanib hibsga olindi.
Hodisa 5-iyul kuni Setagaya tumanida sodir bo‘lgan. Ovqat yetkazib beruvchi kuryer buyurtmani olib kelganida, eshikni ochgan 10 yoshli qizni quchoqlab, o‘pgani aytilmoqda. Hodisa vaqtida qiz uyda yolg‘iz bo‘lgan. U ota-onasi buyurtma qilgan ovqatni qabul qilish uchun eshikni ochgan va voqeadan so‘ng politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, gumondor aybini tan olgan. U qiz “o‘zining dididagi qiz bo‘lgani uchun o‘zini tiya olmaganini” aytgan.