Rossiyada qiyin ahvoldagi o‘zbekistonliklar bepul turar joy bilan ta’minlanadi

Rossiyada qiyin ahvoldagi o‘zbekistonliklar bepul turar joy bilan ta’minlanadi
  • 0
  • 13.12.2025 15:41:00
  • 1 min read

Rossiyada ishlayotgan va murakkab moliyaviy vaziyatga tushib qolgan, turar joysiz qolgan, tazyiq yoki zo‘ravonlikka uchragan, shuningdek, majburiy mehnat qurboni bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatiladi. Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi Moskva shahri va Moskva viloyatidagi qariyb 15 ta hostel hamda sutkalik mehmonxonalar bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Ariza bilan murojaat qilgan fuqarolarga holat o‘rganilgach, 30 kungacha bepul yotoq joy ajratiladi. Murojaatlar Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2-uy (Polianka metro bekati) manzilidagi vakolatxonada qabul qilinadi.
Hozirda Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy, Ural, Sibir, Uzoq Sharq va Janubiy federal okruglarida ham shu kabi kelishuvlar tuzish ishlari davom etmoqda. Xorijda ishlayotgan fuqarolar uchun mo‘ljallangan yordam paketlari haqida batafsil ma’lumot xorijdaish.uz platformasida keltirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News