
- 0
- 10.04.2026 15:32:00
- 1 min read
O‘zbekistonlik bloger Qozog‘iston ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 505-moddasi, ya’ni aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzganlikda ayblanib, jarimaga tortildi. Ma’lum bo‘lishicha, bloger Mang‘istov viloyatining Bo‘zjira darasi yaqinidagi dengiz bo‘yida avtomobil bilan harakatlangan. Hamda ushbu jarayon videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhkamalarga sabab bo‘lgan. Videoda mashinaning Kaspiy dengizi qirg‘og‘ida suvga kirgani hamda Bo‘zjira va Tuzbayir hududlari bo‘ylab harakatlangani ko‘rinadi. Tuzbayir esa Mang‘istov viloyatining eng mashhur tabiiy maskanlaridan biri bo‘lib, keng tuz maydonlari va oppoq qoyali manzaralari bilan sayyohlarni o‘ziga doim jalb etib kelgan. Blogerga BHMning 20 baravarigacha, ya’ni 2 million 200 ming so‘mdan ortiq jarima belgilandi.