
- 13
- 20.11.2026 15:00:00
- 1 min read
Turkiyaning Istanbul şahri Buyukçekmeje tumanida ikki yil yaşagan ijaraçi 9 oy davomida ijara haqini tölamagani sababli majburiy tartibda uydan çiqarildi. Uy egasi va uning advokati xonadonni közdan keçirganida devorlar, şift, eşik, deraza, radiatorlar, isitiş qozoni va oşxona şkaflariga sevgi şe’rlari hamda ayriliq haqidagi sözlar yozilganini aniqlagan.
Ma’lum bölişiça, ijaraçi uyni tark etişidan oldin deyarli barça joylarga yozuvlar qoldirgan. Uy egasi yetkazilgan zarar sabab sobiq ijaraçisi ustidan şikoyat qilgan.
Uy egasining advokati Ali Selman Altinbilekning aytişiça, ijaraçi uydagi yozuvlar haqida söralganida “psixologik holatim yaxşi emas edi”, deb javob bergan. Advokat yozilgan gaplardan ham uning ruhiy holati yaxşi bölmaganini anglaş mumkinligini aytgan.
Ijaraçidan undirilmagan 9 oylik ijara haqi va uyga yetkazilgan zararlarni qoplaş böyiça huquqiy jarayon davom etmoqda.
#casia #news #Turkiya