
- 1
- 13.04.2026 18:04:00
- 1 min read
AQSH va Eron o‘rtasida Pokistonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasiz yakunlandi. Uchrashuv 11-aprel, shanba kuni boshlangan va yakshanba tongiga qadar davom etgan. Bu so‘nggi o‘n yildan ortiq vaqt ichidagi tomonlar o‘rtasidagi ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri va yuqori darajadagi muzokara bo‘ldi.
AQSH tomoni Eron uranni boyitishni to‘xtatishi, yirik yadroviy inshootlarni demontaj qilishi va boyitilgan uranni topshirishini talab qilgan. Biroq Eron bu talablarni rad etgan. Shuningdek, AQSH tomonidan Eronning ayrim qurolli guruhlarni moliyalashtirishni to‘xtatishi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘liq ochishi haqidagi talablar ham qabul qilinmagan.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi tomonlar kelishuvga yaqin bo‘lgan paytda “qat’iy talablar va bosim” sabab muzokaralar murakkablashganini bildirgan.
Tramp AQSH va Eron muzokaralari natijasiz tugagach, Hormuz bo‘g‘ozini blokada qilishga buyruq berdi. Bunga javoban Eron hukumati bo‘g‘ozga yaqinlashgan harbiy kemalarga qat’iy chora ko‘rilishidan ogohlantirdi.