
- 0
- 10.06.2026 13:44:00
- 1 min read
AQSH va Eron o‘rtasida keskin harbiy to‘qnashuvlar qayd etildi. Dastlab, Ho‘rmuz yaqinida AQShning “Apache” vertolyoti Eron droni tomonidan urib tushirilgani xabar qilindi.
Shundan so‘ng AQSH kuchlari Erondagi bir qator nishonlarga zarbalar berib, havo mudofaasi va radar obyektlarini nishonga oldi. Javoban Eron Iordaniya, Kuvayt va Bahrayndagi AQSH harbiy bazalariga raketa va dron hujumlarini amalga oshirdi.
Tomonlar hujumlar davomida o‘zaro zarbalar almashganini tasdiqladi. Iordaniya bir nechta raketani tutib tushirgani, Kuvayt va Bahraynda ham havo mudofaasi ishga tushgani ma’lum qilindi.
Hozircha voqea yuzasidan muzokaralar va tekshiruvlar davom etmoqda, vaziyat esa keskinligicha qolmoqda.