AQSH fuqarolariga Erondan zudlik bilan chiqib ketish tavsiya qilindi

AQSH fuqarolariga Erondan zudlik bilan chiqib ketish tavsiya qilindi
  • 0
  • 13.01.2026 07:55:00
  • 1 min read

AQSH Virtual elchixonasi Eronda bo‘lib turgan Amerika fuqarolarini mamlakatni darhol tark etishga chaqirdi. Ogohlantirish Eronda davom etayotgan ommaviy noroziliklar va xavfsizlikning keskin yomonlashuvi bilan bog‘liq.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Eronda bo‘lib o‘tgan namoyishlar oqibatida qariyb 500 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, minglab odamlar hibsga olingan. Internet va aloqa vositalari deyarli to‘liq o‘chirilgan. AQSH fuqarolariga imkon bo‘lsa, Eronni quruqlik orqali Armaniston yoki Turkiya tomonga tark etish tavsiya qilinmoqda. Chiqib keta olmayotganlardan esa uyda yoki xavfsiz binoda zaruriy zaxiralar bilan qolish so‘ralgan.
Shu bilan birga, AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan savdo qilayotgan davlatlarga nisbatan 25 foizlik boj joriy etilishini e’lon qildi. U Tehronni namoyishlarni kuch bilan bostirayotganlikda ayblab, harbiy zarbalar, kiber va psixologik operatsiyalar variantlari ko‘rib chiqilayotganini bildirdi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News