
- 0
- 08.04.2026 10:42:00
- 1 min read
AQSH va Eron o‘zaro kelishuvga ko‘ra, harbiy harakatlarni 14 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Tramp ma’lum qildi.
U Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif va mamlakatning quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni Asim Munir bilan suhbatlashgan. Shundan so‘ng Eronga berilayotgan zarbalarni ikki haftaga (14 kunga) to‘xtatishga rozi bo‘lgan.
Kelishuvga ko‘ra, Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochib, xavfsiz harakatni ta’minlaydi. Buning evaziga AQSH Eronga berilayotgan zarbalarni vaqtincha to‘xtatadi. Eron tomoni ham hujumlar to‘xtatilsa, o‘z qurolli kuchlari mudofaa harakatlarini to‘xtatishini bildirdi. Tomonlar ushbu ikki haftalik muddat davomida yakuniy kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda.