
- 0
- 19.12.2025 16:51:00
- 1 min read
Turkiyalik xonanda Sagopa Kajmerning konserti paytida bir muxlis ishlatilmagan sigaretni uning og‘ziga uloqtirdi. Xonanda bir lahzaga hayratda qoldi, ammo tomoshabinlar kulgi va olqish bilan javob berdi. Hodisa videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi, foydalanuvchilar esa hazil bilan “Merganlar ham bunchalik aniq otolmagan bo‘lar edi” deya izoh yozishdi.