AQSHda misli ko‘rilmagan qor bo‘roni boshlandi

AQSHda misli ko‘rilmagan qor bo‘roni boshlandi
  • 0
  • 27.01.2026 09:27:00
  • 1 min read

AQSHda “Fern” nomli kuchli qor bo‘roni mamlakatning yarmidan ko‘p hududini qamrab oldi. Ayrim joylarda qor qoplami 30 sm dan oshdi, Nyu-Yorkda esa 35,5 sm qor yog‘ib, 1905-yildan beri eng yuqori kunlik rekord qayd etildi.
Bo‘ron oqibatida 1 milliondan ortiq kishi elektrsiz qoldi, 16 mingdan ziyod aviqatnov bekor qilindi. 200 milliondan ortiq aholiga ekstremal ob-havo bo‘yicha ogohlantirish yuborilgan. Kamida 14 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Meteorologlar sovuq va qor yog‘ishi yaqin kunlarda ham davom etishini bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News