
- 0
- 09.12.2025 15:31:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Humans ilovasiga bog‘langan bank kartalaridan foydalanuvchilarning ruxsatisiz mablag‘ yechib olingani haqida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank mazkur holat bo‘yicha tezkor tekshiruv boshlaganini ma’lum qildi. 8-dekabr kuni soat 08:30 dan boshlab fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan. Shundan so‘ng Markaziy bank Octagram AJ (Paylov servisi) bilan bog‘lanib, xavfsizlik choralarini kuchaytirish uchun P2P to‘lovlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. 9-dekabr holatiga ko‘ra Humans ilovasi orqali to‘lov va o‘tkazmalar to‘liq to‘xtatilgan. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, barcha shubhali tranzaksiyalar, texnik jarayonlar va platformalar o‘rtasidagi hamkorlik to‘liq o‘rganilmoqda. Tekshiruv yakunida qo‘shimcha axborot berilishi aytilgan. Markaziy bank zarur holatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish mumkinligini eslatdi.