
- 1
- 15.04.2026 12:18:00
- 1 min read
Kecha, 14-aprel kuni Madaniy meros agentligi va uning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi mutaxassislari Madaniyat vazirligi tasarrufidagi “Xalqlar do‘stligi” saroyi hududida monitoring o‘tkazgan. Bu haqda Madaniy meros agentligi Matbuot xizmati CASIA.UZ’ga xabar berdi.
Oqibatda, saroy hududida reklama bannerlari hech qanday ruxsatsiz, o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgani aniqlangan.
Ma’lumot uchun, “Reklama to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq moddiy madaniy meros obyektlarida tashqi reklamani joylashtirish taqiqlanadi. Hozirda, o‘rnatilgan noqonuniy bannerlar zudlik bilan olib tashlanib, mas’ullarga tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ogohlantirishlar berilgan.
