
- 0
- 14.04.2026 13:12:00
- 1 min read
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi davom etayotgan inqiroz global oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Tashkilotga ko‘ra, vaziyat o‘g‘itlar va energiya resurslari yetkazib berilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, oziq-ovqat narxlarining oshishi hamda hosildorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, neft va gaz narxlarining oshishi yashash xarajatlarini ko‘paytirishi, bu esa ayniqsa zaif aholi qatlamiga og‘ir ta’sir qilishi qayd etildi.
FAO vakillarining ta’kidlashicha, resurslar yetishmovchiligi ishlab chiqarish hajmining kamayishi, inflyatsiyaning oshishi va global iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.