Ukraina Rossiya poytaxtiga yirik dron hujumi uyushtirdi

Ukraina Rossiya poytaxtiga yirik dron hujumi uyushtirdi
  • 1
  • 18.05.2026 13:01:00
  • 1 min read

16-maydan 17-mayga o‘tar kechasi Ukraina Rossiyaning Moskva shahri va Moskva viloyatiga dronlar hujumini uyushtirdi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, hujum oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan. Qayd etilishicha, bu urush boshlanganidan beri Moskvaga qilingan eng yirik dron hujumi hisoblanadi. Dronlar turar joylar, yonilg‘i-energetika obyektlari hamda texnoparklarga zarar yetkazgan. Jumladan, Ximki shahrida dron xususiy uyga urilishi oqibatida bir ayol halok bo‘lgan. Pogorelki qishlog‘ida esa, yana ikki erkak vafot etgan.


Moskva meri Sergey Sobyanin so‘nggi bir sutkada poytaxt atrofida 120 dan ortiq dron urib tushirilganini ma’lum qildi. Hujum sabab Rossiyaning “Rosaviatsiya” aeroporti faoliyatiga to‘rt soatlik cheklov joriy qilgan. Rossiya ham Ukraina shaharlari o‘qqa tutishda davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News